«Bitiruvchi – 2025» musiqa shousi tashkil etildi

2025 yil bitiruvchilari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan o‘zgacha va unutilmas «Filarmoniya shou» konserti tashkili etildi. Poytaxtimizdagi «Humo Arena» saroyida o‘tgan ushbu shouda muxlislar taniqli san’atkorlar ijodidan bahramand bo‘lishdi.
Rayhon, Shoxrux, Shahlo Ahmedova, Hamdam Sobirov, G‘aybullo Tursunov, Shaxriyor, Konsta, «Benom» guruhi va King Matsarella kabi mashhur san’atkorlar konsertda ishtirok etdilar. Shuningdek, yorqin chiroqlar va kuchli energiya shouni go‘zal musiqa atmosferasiga aylantirdi.
Yuqori darajada tashkil etilgan «Filarmoniya shou»si «Humo Arena»ni to‘ldirgan minglab bitiruvchilar va muxlislar uchun yoshlik va orzular bayrami sifatida ham qalblarga muhrlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter