Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger Farhod Mannopovning o‘limida ayblangan shifokorlarga hukm o‘qildi

Bloger Farhod Mannopovning o‘limida ayblangan shifokorlarga hukm o‘qildi

Bloger Farhod Mannopov o‘limida gumonlangan ikki shifokorga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida A. X. (erkak, 1981-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, «Omad Plyus» MChJga qarashli «Star Med Centr» xususiy klinikasi otolaringolog, munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan) va J. Q. (erkak, 1979-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, «Omad Plyus» MChJga qarashli «Star Med Centr» xususiy klinikasida anesteziolog-reanimatolog vazifasida ishlagan, uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining raisi D. Komilov raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq A. X. va J. Q. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, oqlandi, Oliy sud tarqatgan ma’lumotda.

A. X. va J. Q. Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llagan holda 2 yil tibbiyot sohasida tegishliligi bo‘yicha otolaringolog va anesteziolog-reanimatolog vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J. Q.ga Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida o‘tash uchun 2 yil tibbiyot sohasida anesteziolog-reanimatolog shifokor vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil 6 oy 27 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring