Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT bosh kotibi 8-mart kuni Ukrainaga boradi

BMT bosh kotibi 8-mart kuni Ukrainaga boradi

BMT matbuot xizmatiga ko‘ra, 8-mart kuni tashkilot rahbari Antoniu Guterrish Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. 

«Chorshanba kuni ertalab u Kiyevda prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Unda Qora dengizda  g‘alla tashish bo‘yicha tashabbuslarni kengaytirish, shuningdek, boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilinishi kutilmoqda», — deyiladi rasmiy xabarda. 

Bu Bosh kotibning so‘nggi bir yil ichida Ukrainaga uchinchi tashrifidir. 

Eslatib o‘tamiz, avvalgi tashrifda Kiyevga Rossiya raketa zarbasi bergani aytilgan, Ukraina poytaxtida havo hujumi trevogalari yangragandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring