Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chaga bolta bilan hujum qilgan shaxs to‘rt bolani nobud qildi — Braziliya

Bog‘chaga bolta bilan hujum qilgan shaxs to‘rt bolani nobud qildi — Braziliya

Braziliyaning Blumenau shahrida 25 yoshli shaxs bolalar bog‘chasiga bolta bilan hujum qildi. Oqibatda uch yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar bola halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari jarohat oldi.

BBC xabariga ko‘ra, jinoyatchi bolalar bog‘chasi panjarasidan sakrab o‘tib, quroli bilan beixtiyor bolalarga zarba bera boshlagan. Keyinroq o‘zi politsiya bo‘limiga borgan va hibsga olingan.

Ushbu dahshatli qirg‘in munosabati bilan shtatda uch kunlik motam e’lon qilindi. Shtatdagi maktablar bir kunga barcha darslarni bekor qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring