Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona qo‘mitasi vakili Dehlidagi holatga izoh berdi

Bojxona qo‘mitasi vakili Dehlidagi holatga izoh berdi

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati vakili Husan Tangriyev Dehli aeroportida o‘zbekistonliklar bilan kuzatilgan holatga izoh berdi. 

«Ko‘pchilik Dehli aeroportida yurtdoshlarimizning 5,3 kg oltin bilan qo‘lga tushganiga izoh berishni so‘rashmoqda.

Dastlabki ayrim shaxsiy fikrlarimni bildirsam.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2022 yil 23 dekabrda qabul qilingan va joriy yil 11 yanvardan kuchga kirgan PQ-452-son qarori bor.

Qarorga binoan jismoniy shaxslar qiymati 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 mln. so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishlari mumkin.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishlari mumkin.

Ya’ni, erta xulosa chiqarishga shoshilmang - qaysidir mamlakatda noqonuniy olib kirishda to‘xtatib qolingan tovar boshqa mamlakatdan ham noqonuniy ravishda olib chiqilganini anglatmasligi mumkin», deyiladi unda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dehlida sakkiz o‘zbekistonlik ushlangan va qiymati 2,92 million rupiyga (taxminan 35 ming AQSh dollari) teng tilla zanjirlar musodara qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring