Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokuda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi delegatsiyasining «AzInTelecom» bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bokuda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi delegatsiyasining «AzInTelecom» bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi

2025-yil 2-iyul kuni Boku shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjonga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi vakillarining «AzInTelecom» kompaniyasi texnik jamoasi bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida klonlangan, o‘g‘irlangan, yo‘qolgan va jinoiy faoliyat bilan bog‘liq mobil qurilmalar bo‘yicha axborot almashinuvini tashkil etish to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimni amalga oshirish mexanizmlarini amaliy muhokamasidan iborat bo‘ldi.

Tomonlar bo‘lajak texnik hamkorlik reglamentining tuzilishi va mazmunini muhokama qildilar. Axborotni himoya qilish va almashinuvni avtomatlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston tomoni, shuningdek, IMEI-klonlarni aniqlash va aloqa operatorlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishning mavjud algoritmlarini namoyish etib, telekom-antifrod sohasidagi milliy yechimlarni taqdim etdi.

Uchrashuv yakunida ma’lumotlar almashinuvini tez fursatda yo‘lga qo‘yishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi. Uchrashuv konstruktiv muloqot va ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlash ruhida o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring