Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar shoiri Odil Abdurahmon vafot etdi

Bolalar shoiri Odil Abdurahmon vafot etdi

Bolalar shoiri Odil Abdurahmon 2023-yil 30-yanvar kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi. 

Odil Abdurahmon (Odiljon Abdurahmonov) 1943-yil 22-fevralda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Ma’myrobod qishlog‘ida tavallud topgan. 1962-1969-yillarda Andijon davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 1962-1965-yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan. 1978-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Dastlabki mehnat faoliyatini 1969 yilda Andijon viloyat komsomol komiteti xodimi vazifasidan boshlagan. Shundan so‘ng, 1969-1971 yillarda Andijon radiosida muxbir, muharrir, 1979-1984-yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Farg‘ona vodiysi bo‘yicha muxbiri, 1991-1996- yillarda Farg‘ona vodiysi «Oltin vodiy» gazetasida muharrir vazifalarida ishlagan.

Harbiy xizmatni o‘tayotgan 1965-1967-yillari shoirning bolalar hayotidan hikoya qiluvchi «Quvnoq bolalar», «Salom, quyosh» to‘plamlari chop etilgan.

Odil Abdurahmonning so‘nggi yillarda kattalar uchun bir qator nasriy asarlari nashr etildi. «Oshiqlarga o‘lim yo‘q» qissasi, «Urush va qismat», «Sen mening qo‘shig‘imsan» romanlari shular jumlasidandir.

Odil Abdurahmon 2022-yilda «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring