Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarni tilanchilikka jalb qilayotgan ota-onalarga chora ko‘rilyapti – Bolalar ombudsmani

Bolalarni tilanchilikka jalb qilayotgan ota-onalarga chora ko‘rilyapti – Bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda respublika hududlarida bolalarni tilanchilikka jalb qilish kabi salbiy holatlarni tizimli ravishda tahliliy o‘rganib borilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘rganishlar bolani mazkur g‘ayriijtimoiy faoliyatga jalb qilgan ayrim ota-onalar tilanchilikni muntazam ravishda o‘ziga kasb qilib olganligi, ayrim oilalar ijtimoiy ahvoli og‘irligi yoki ikkala ota-onaning ish bilan band emasligini ko‘rsatmoqda.

Achinarlisi, aniqlangan ko‘p holatlarda tilanchilikka jalb qilingan bolalar majburiy bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim doirasidan tashqarida qolgan.

Bunga yo‘l qo‘ygan ota-onalarga qonunda ko‘zda tutilgan tegishli javobgarlik choralari qo‘llanilgan.

O‘rganish natijasida aniqlangan bolalarning kelgusida takroran tilanchilikka jalb qilinishini oldini olish maqsadida har bir hududda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ushbu oilalarning har biri bilan manzilli ishlash orqali ularning ijtimoiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish bilan bir qatorda bu ota-onalarning bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi vaziyatiga ham baho beradi.

Xususan, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan oilalar monitoringi olib borilib, ular uchun zaruriy ijtimoiy xizmat hamda yordamlarni tashkil etish, muhimi esa bolalarning ta’lim huquqini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring