Bolgariya yevrozonaning 21-a’zosiga aylanadi

Bolgariya 2026-yilning 1-yanvaridan yevrozonaning 21-a’zosiga aylanadi, bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bayonot berdi.
«Bu shunchaki yangi valyuta emas, balki chinakam yutuq. Yevro Bolgariya iqtisodiyotini mustahkamlab, bolgar xalqi va tadbirkorlariga katta foyda keltiradi», — dedi u.
Bolgariyaning yevrozonaga qo‘shilishini yoqlab Yevropa parlamentining 531 deputati ovoz berdi. Qarshilar — 69, ovoz bermaganlar — 79 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter