Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura afg‘on chegarasidagi voqealarga oid o‘z bayonotini rad etib chiqdi

Bosh prokuratura afg‘on chegarasidagi voqealarga oid o‘z bayonotini rad etib chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuraturaning «Telegram» kanalida 2021 yil 14-15 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi havo hududi hamda qo‘shni Afg‘oniston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda ro‘y bergan voqealar haqida bayonot berilgandi. Biroz vaqt o‘tib bu bayonot o‘chirildi va Bosh prokuratura ma’lumot «shoshma-shosharlik bilan chiqarilgani»ni bildirdi.

«Qayd etish kerakki, hozirda Afg‘onistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar dunyo hamjamiyati diqqat markazida turibdi. To‘lqinli voqeliklar tufayli aksariyat odamlarda turli-tuman tushunchalar shakllanib kelmoqda.

Tan olish zarur, har doim ham bunday vaqtda rasmiy manbaalar ham ayrim kamchiliklar, ya’ni axborot tarqatishdagi adashmovchiliklar, tekshirilmagan dalillar yuzasidan ma’lumot berib yuborishi ehtimoldan holi emas.

Shu tarzda, Bosh prokuraturaning «Telegram» kanalida chop etilgan bayonot ham oxirigacha aniqlashtirilmay, mutasaddi idoralarning rasmiy tekshirilgan ma’lumotlariga tayanmagan holda chiqarilgan.

Shu bois, Bosh prokuraturaning «Telegram» kanaliga ma’lumotlarni joylashtirish uchun mas’ul bo‘lgan tarmoq xodimlari shoshma-shosharlik bilan chiqarilgan mazkur bayonot uchun rasman uzr so‘rashmoqda.

Kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun tegishli choralar ko‘rildi», deyiladi Bosh prokuraturaning navbatddagi bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring