Agroinspeksiya rahbari Nurota tumaniga hokim etib tayinlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya rahbari Umarbek Yaxshimurodovich Xalilov lavozimidan ozod etildi.
«Kun.uz» saytining yozishicha, u Navoiy viloyatining Nurota tumaniga hokim etib tayinlangan.
Umarbek Xalilov 2018-yil may oyida agroinspeksiyaga rahbar etib tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz mazkur inspeksiya prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tuzilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter