Bosh prokuraturada yangi tuzilma ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida 20 nafar shtat birligidan (shundan, 14 nafar hududiy vakillar shtat birligi) iborat Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi alohida tuzilma tashkil etildi.
Qayd etilishicha, bo‘limning asosiy vazifalariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan ximoya qilishga doir qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, fuqarolarni qabul qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish kiradi.
Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga doir vazifalar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda boshqa vazifalar belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter