Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketdi

Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan Adliya katta maslahatchisi Alidjan Sidikovich Abdullayev o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi, deyiladi xabarda.
Boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.
Avvalroq Toshkent shahar prokurori vazifasini uning birinchi o‘rinbosari bajarib turgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter