«Boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus oldi» – Shavkat Mirziyoyev ochiqlik siyosati haqida gapirdi
Ko‘ksaroy qarorgohida mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik siyosati haqida gapirdi.
«Jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini chuqur qaror toptirish, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus olganini bugun yana bir bor ta’kidlamoqchiman», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter