Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda jahon rekordi o‘rnatildi

Bo‘stonliqda jahon rekordi o‘rnatildi

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan dam olish maskanida O‘zbekiston Gerbi hamda «O‘zbekiston – Mustaqillikka 33 yil» yozuvi tushirilgan «Dunyoda eng katta ebru tasviri» yaratish orqali jahon rekordi o‘rnatildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yurtimiz hududida paydo bo‘lgan «Abri bahor» yoki «Ebru» san’ati bu suv yuzasiga maxsus bo‘yoq bilan tasvirlar chizish bo‘lib, hosil bo‘lgan shakllar va bezaklar qog‘oz yoki matoga ko‘chirib o‘tkaziladi. Jarayon tugal amalga oshirilishi uchun rassomdan katta mahorat, bilim va tajriba talab qiladi.

Ushbu Ebru tasviri bo‘yicha yangi rekord Turkiyada istiqomat qiluvchi, asli o‘zbek rassomi va Ebru san’ati ustasi Axmed Choktan tomonidan o‘rnatildi.

Qog‘ozga tushirilgan tasvirining eni 1,5 metr va uzunligi 12 metr bo‘lib, jami 18 kv. metrni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring