Bo‘stonliqdagi dala hovlilarda katta o‘g‘irlik aniqlandi
Bo‘stonliq tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan dala hovlilar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan «O‘zenergoinspeksiya» va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro X.X. (muqaddam sudlangan) va fuqaro A.B. «Chimgan» hamda «Novobod» MFY hududidagi dala hovlilarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 529 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter