Boysundagi maishiy buyumlar bozorida yong‘in bo‘ldi

5-fevral kuni soat 02:50 larda Boysun tumani, A.Termiziy ko‘chasida joylashgan yer maydonidagi maishiy buyumlar bozorida yong‘in sodir bo‘lgan.
Oqibatda, savdo kompleksidagi 51 ta savdo rastalari va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalariga jiddiy zarar yetgan, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Tan jarohati olgan fuqarolar mavjud emas.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter