Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysundagi metan quyish shaxobchasida haydovchi halok bo‘ldi

Boysundagi metan quyish shaxobchasida haydovchi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Bugun, 28-iyun kuni soat 07:15 larda Surxondaryo viloyatining Boysun tumani, «Inkobod» MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shaxobchalarining biri hududida «Nexia-2» rusumli avtomobilga gaz to‘ldirish vaqtida 100 litr sig‘imdagi metan ballonida yorilish (portlash) sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo FVB xabar berdi.

Yorilish oqibatida avtomobil yaqinida bo‘lgan haydovchi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Voqea joyiga tuman FVB, IIB, prokuratura rahbar xodimlari chiqishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring