Bo‘zatov va Qo‘ng‘irot tumanlarini bog‘laydigan ponton ko‘prik quriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Bo‘zatov tumanida respublika idora-tashkilotlari, tuman faollari ishtirokida majlis o‘tkazdi.
Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi berilgan topshiriqlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.
Majlisda ta’kidlanishicha, tumanni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur asosida bir qator vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, muammolarni hal etish maqsadida hurmatli Prezidentimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratib berilgan, moliyaviy manbalar ham hal qilib berilgan. Lekin, ayrim joylarda mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayapti.
Shuningdek, Bo‘zatov tumani va shimoliy tumanlarni bevosita Qo‘ng‘irot tumani bilan bog‘lovchi ponton ko‘prik qurish masalasini o‘rganib chiqish, tuman hududida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasini tez fursatda ishga tushirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter