Braziliyada ot bir necha kun davomida uy tomida jon saqladi
Braziliyada suv toshqinlari oqibatida bir necha kun davomida bino tomida jon saqlagan ot qutqarildi. Otning qutqarilishini internet foydalanuvchilari xavotir bilan kuzatib, jonivorga Karamelo laqabini berishgan.
Associated Press xabariga ko‘ra, Braziliya janubidagi kuchli suv toshqini 100 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Suv bosgan hududda tomda jon saqlagan otni televizion yangiliklar vertolyoti suratga olgan. Video internetda tez tarqaldi.
Qutqaruv operatsiyasida ishtirok etgan San-Paulu o‘t o‘chiruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, jonivor zaiflashgan holatda bo‘lgan. Veterinariya shifokorlari tomga chiqib, otni tinchlantirishgan, so‘ng uni eson-omon quruqlikka olib chiqishgan.
Qutqaruv operatsiyasi televideniye orqali jonli efirda namoyish etildi. Karamelo mahalliy universitetdagi veterinariya klinikasida shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter