Braziliyada o‘yin payti futbol hakami kishanlandi

Braziliya politsiyasi o‘yin davom etayotgan payti futbol hakamining qo‘liga kishan solib, maydondan olib chiqib ketdi. Hakam narkotiklar savdosiga aloqadorlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Globoplay.
San-Paulu shtatining Guaruja shahrida giyohvandlik moddalari bilan savdo qiluvchilar tergov qilinganida hakam Ederson Karlos da Silva uning faol ishtirokchisi ekani fosh bo‘lgan. Xususan, u butun shtat bo‘ylab kokain yetkazib beruvchi logistika tashkilotchisi sifatida gumon qilinmoqda.
Bugun, 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan 2 tonna 135 kg 188 gr giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter