Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyada yana dahshatli suv toshqini. Ko‘plab odamlar halok bo‘ldi (video+foto)

Braziliyada yana dahshatli suv toshqini. Ko‘plab odamlar halok bo‘ldi (video+foto)

Braziliyaning Resife va Olinda hududlarida bir necha kunidan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab kamida 84 kishi halok bo‘ldi, yana yuzga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.

Xabar berilishicha, mintaqada 4 mingga yaqin aholisi uylaridan ayrilgan. Mahalliy hokimiyat yaqin kunlarda yana ob-havo sharoiti yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga yordam berish uchun hududga qo‘shin yubordi.

Eng ko‘p jabrlangan ikki shaharga yarim million yevro (2,5 million Braziliya reali) miqdorida gumanitar yordam ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Rio-de-Janeyro shtati Petropolis shahrida suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 230 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring