Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyalik mashhur yulduz shoshilinch shifoxonaga yotqizildi

Braziliyalik mashhur yulduz shoshilinch shifoxonaga yotqizildi

Braziliyalik sobiq futbolchi Romario ichak infeksiyasi sabab Rio-de-Janeyrodagi shifoxonaga shoshilinch ravishda yotqizildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

57 yoshli sobiq yulduz 13-iyul kuni qattiq og‘riq va oshqozondagi og‘riqdan shikoyat qilib, tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Ayni damda Romarioning ahvoli barqaror. Shifokorlar 1994-yilgi jahon chempionining  qachon shifoxonadan chiqishini aytmayapti. 

2021-yilda braziliyalik o‘t pufagini olib tashlash uchun shoshilinch operatsiya qilingandi.

Romario o‘z vaqtida «PSV», Kataloniyaning «Barselona» va «Valensiya» klublarida o‘ynagani bilan tanilgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, braziliyalik siyosatga kirdi.

Romario hozirda Rio-de-Janeyro shtatidan saylangan federal senator hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring