Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britan kompaniyasi toza havo sotishni boshladi: bir shishasi — 33 dollar

Britan kompaniyasi toza havo sotishni boshladi: bir shishasi — 33 dollar

Foto: «Comments.ua»

Shu paytgacha bagaj (yuk)larni yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelgan «My Baggage» (Buyuk Britaniya) kompaniyasi o‘z mijozlariga yangi va antiqa xizmatni taklif etishni boshladi.

11 yillik tarixga ega kompaniyaning shu paytgacha asosiy mijozlari xorijga chiquvchi talabalar, emigrantlar va sport jamoalari bo‘lgan.

Yaqinda kompaniya yangilikka qo‘l urdi: Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning toza havosini shisha idishlarga to‘ldirib sotishni boshladi. Maqsad: xorijga ketganlar o‘z vatani toza havosidan to‘yib nafas olishlari uchun.

«Havodan pul yasash» — chakana biznes emas: ma’lumotga ko‘ra, toza havo to‘ldirilgan 0,5 litrlik shisha narxi 33 dollar turadi. Bundan tashqari, kompaniya «premium» toifali xizmatlarga ham tayyor — istalgan mamlakatning havosini keltirib berishga va’da beryapti.

«My Baggage» — bungacha «London metrosi havosi» va «Fish and Chip» restorani hidlarini ham shishaga joylab pullay olgan kompaniya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring