Britaniya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni boshlamoqchi

Buyuk Britaniya hali klinik tekshiruvlardan o‘tmagan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishni boshlaydi, deya xabar berdi «Sky News» telekanali Oksfordda Jenner instituti direktori Adrian Xillga tayanib.
Olimning aytishicha, bunday qadam tashlashdan maqsad — sentyabrgacha bir million dona vaksina dozasini ishlab chiqarish va bordi-yu, samaradorligi isbotlansa, foydalanishni boshlash.
«Hozircha bu sinovlar davom etmoqda. Test muvaffaqiyatsizlikka uchrash xavfi bo‘lsa-da, ishlab chiqarishni boshlashimiz kerak», — deydi Adrian Xill.
Uning so‘zlariga ko‘ra, olimlar sentyabrgacha taxminan milliontacha doza tayyor bo‘lishidan umid qilmoqda. Xill yangi vaksinaning muvaffaqiyatli chiqishiga 80 foiz ishonmoqda.
ChAdOx1 nCoV-19 nomini olgan vaksina koronavirus kodining genetik qismi qo‘shilgan shimpanzening bezarar virusi asosida ishlab chiqariladi. Bunday texnologiya avval ham boshqa kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilishda o‘z samarasini bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter