Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arsen Venger: «Britaniya va Rossiya munosabatlari SSKA va «Arsenal» o‘yiniga ta’sir qilmaydi»

Arsen Venger: «Britaniya va Rossiya munosabatlari SSKA va «Arsenal» o‘yiniga ta’sir qilmaydi»

Foto: «Daily Mail»

Bugun, 4-aprel kuni Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi murakkab munosabatlar Yevropa ligasi doirasida SSKA bilan kechadigan o‘yinga ta’sir etmasligini aytdi.

Bu fikrni Venger chorak final uchrashuvi oldidan kechgan matbuot anjumanida aytgan. Bu haqda «Sport Ekspress» nashri xabar bermoqda.

«Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar murakkablashdi, ammo bu bizning muxlislarga, shuningdek, rossiyaliklarga ham ta’sir etmaydi. Hech qanaqa muammo bo‘lmaydi», degan Venger.

O‘yin ertaga, 5-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Buyuk Britaniya munosabatlari «Skripal ishi» bilan bog‘liq mojarodan so‘ng yomonlashdi. Shundan so‘ng, Yevropa davlatlari o‘z hududlaridagi 100 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring