Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada mudhish holat qayd etildi

Britaniyada mudhish holat qayd etildi

Foto: «AP Photo / Hannah McKay»

Britaniyada bir kecha-kunduzda COVID-19 tufayli 1610 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan kunlik mudhish rekord hisoblanadi. Koronavirusga chalinganlar soni 33 355 kishini tashkil etdi, deya xabar berdi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bir kun oldin mamlakatda 37535 fuqaroda COVID-19 aniqlangan bo‘lib, 599 bemor vafot etgandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda jami 3,4 million kishida koronavirus tasdiqlandi, 91,470 bemor olamdan o‘tdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Britaniya kunlik o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.

4-yanvar kuni Angliyada milliy lokdaun joriy etildi. U hisob bo‘yicha uchinchisi hisoblanib, birinchisi kabi qat’iydir. So‘nggi kunlarda koronavirusning navbatdagi to‘lqini o‘zining eng yuqori cho‘qqisidan o‘tgani aniq bo‘ldi, biroq yuqtirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda, hukumat mamlakatda karantin mart oyining oxirigacha uzaytirilishi mumkinligini istisno qilmayapti. Katta-katta shaharlardagi shifoxonalar bemorlar oqimidan qiynalib qolyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring