Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada Rossiya foydasiga josuslik qilgan olti nafar bolgariyalik qamaldi

Britaniyada Rossiya foydasiga josuslik qilgan olti nafar bolgariyalik qamaldi

Buyuk Britaniyada Rossiya manfaatlarini ko‘zlab josuslik qilganlikda aybdor deb topilgan olti nafar Bolgariya fuqarosi sud hukmi bilan uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm etildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukmlar 12-may kuni Londondagi Old Beyli sudida e’lon qilingan. Guruh yetakchisi — 47 yoshli Orlin Rusev o‘z aybini tan olib, Britaniya milliy xavfsizligiga tahdid solgan oltita operatsiyada ishtirok etgani uchun 10 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Uning sheriklari — 44 yoshli Bizer Jambazov 10 yil 2 oyga, 33 yoshli Katrin Ivanova esa 9 yil 8 oyga qamalgan. Shuningdek, 30 yoshli Vana Gaberova 6 yil 8 oy va 3 haftaga ozodlikdan mahrum etildi.

Yana ikki nafar gumonlanuvchi — 39 yoshli Tixomir Ivanchev 8 yilga, 33 yoshli Ivan Stoyanov esa 5 yil 3 haftaga qamalgan.

Sud tergoviga ko‘ra, ushbu shaxslarning barchasi Yevropa bo‘ylab Rossiya foydasiga josuslik faoliyatida qatnashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring