Bugun Ahmadaliyevning raqibi hamda bokschilarimiz Toshkentga keladi

3 aprel kuni poytaxtimizda katta boks oqshomi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik Ryosuke Ivasadan o‘zining WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.
Ryosuke Ivasa ushbu jangda ishtirok etish uchun bugun soat 19:00da Toshkentga uchib keladi.
Shuningdek, boks oqshomida yana bir qator charm qo‘lqop ustalarimiz ham o‘z janglarini o‘tkazishadi. Jangga AQShda tayyorgarlik olib borgan bokschilarimiz ham bugun yurtimizga qaytib kelishadi. Bokschilarimiz joy olgan samolyot bugun kechasi, (27 martdan 28 martga o‘tar kechasi) soat 01:55da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘nadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter