Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7-sentyabr kuni yettita hududda koronavirus qayd etildi

7-sentyabr kuni yettita hududda koronavirus qayd etildi

Foto: SSV

Shu yilning 7-sentyabr kuni mamlakatimizda 312 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Jizzax va Toshkent viloyatlarda 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Xorazm, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 317 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 975 nafar bemordan 41 594 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 027 nafar bemordan 430 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring