Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Yevropa ligasi finalida yangi rekordga guvoh bo‘lishingiz mumkin

Bugun Yevropa ligasi finalida yangi rekordga guvoh bo‘lishingiz mumkin

Foto: «Sport-place.ru»

Bugun, ya’ni 21-avgust kuni Germaniyaning Kyoln shahridagi «Rayn-Energi» stadionida Yevropa ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniyaning «Sevilya» va Italiyaning «Inter» klublari o‘zaro bahs olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalda «Sevilya» Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. «Inter» esa Ukrainaning «Shaxtyor» klubini 5:0 hisobida tor-mor qilgandi.

Final o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da boshlanadi. «UZREPORT TV» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Uchrashuvga niderlandiyalik Danni Makkeli hakamlik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring