Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun harorat 41 darajagacha ko‘tariladi

Bugun harorat 41 darajagacha ko‘tariladi

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-41° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring