Bugun harorat nisbatan pasayib, chang-to‘zonlar kuzatiladi

«O‘zgidromet» 26-iyun uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.Harorat 30-35° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 31-33° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-26° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter