Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi – O‘zgidromet

Bugun havo harorati 34 darajagacha ko‘tariladi – O‘zgidromet

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet markazi xabar qildi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-34 daraja bo‘ladi.

Toshknet shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring