Bugun o‘yin bor: Shomurodov va Fayzullayev «Bashakshehir» mashg‘ulotida qatnashdi

Yevropa konferensiyalar ligasi 2-saralash bosqichi doirasida bugun, 31-iyul kuni «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Cherno More» (Bolgariya)ni qabul qiladi.
Birinchi o‘yinda istanbulliklar minimal (0-1) hisobdagi g‘alabaga erishgandi.
Javob uchrashuvida oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev «Bashakshehir» mashg‘ulotida qatnashdi.
«Istanbul Bashakshehir» — «Cherno More» o‘rtasidagi o‘yin 22:45 da boshlanadi. «ZoʼrTV» telekanali orqali uchrashuvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter