Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonda havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi

Bugun O‘zbekistonda havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidromet 15 may uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35 daraja,  janubda ba’zi joylarda 37-39 darajagacha bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda  ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25 daraja bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring