Bugun Toshkentning ikki tumanida gaz o‘chadi

Ta’mirlash ishlari tufayli bugun Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ba’zi joylarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida joylashgan gaz quvurida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 7-oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00ga qadar ushbu ko‘chadagi 70 ta hovlida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shuningdek, Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida ham ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2022-yil 7-oktyabr kuni soat 11:00 dan 17:30ga qadar «Miskin» mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda hamda 5 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shundan:
- Ofis-3 ta
- Omborxona-2 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter