Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

Bugundan ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2-mutaxassislikka qabul my.edu.uz platformasida 10-iyuldan 10-avgustgacha davom etadi. 

2-mutaxassislik uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

  1. fuqarolik pasporti yoki ID-karta;
  2. bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;
  3. xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Hukumatning 2021-yil 24-sentyabrdagi 606-son qaroriga muvofiq ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari har yili 30-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring