Bugungi yig‘ilishdagi tashabbuslar va vazifalar ijrosiga 15 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishdagi tashabbuslar va vazifalar ijrosini tashkil etishga 15 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
Bu mablag‘lardan samarali foydalanish, berilgan topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida ayollar masalalari bo‘yicha Oliy Majlis, Hukumat tarkibidagi barcha komissiyalar birlashtirilib, Senat Raisi boshchiligida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi. Yangi qo‘mita raisi komissiya raisiga o‘rinbosar bo‘ladi.
Xuddi shunday, komissiyalar mahalliy kengashlarda ham tashkil etiladi.
Shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha mehnat jamoalarida Ayollar kengashlari tuziladi.
Ushbu Kengashlar ayollarning muammolari, ularning dardu-tashvishini eshitib, ularni hal qilish bo‘yicha korxona rahbari, Respublika va mahalliy komissiyalar oldiga aniq masalalarni qo‘yadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter