Bulung‘ur tumani sobiq hokimi viloyat IIBda ish boshladi

Bulung‘ur tumani sobiq hokimi Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat IIb axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil 5 yanvar kungi yig‘ilishda Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Bahodir Bahromov shaxsiy tarkibga tanishtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Bahromov o‘tgan yil dekabr oyida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bulung‘ur tumani hokimi lavozimidan bo‘shatilgan va o‘rniga Samandar Astonov tuman hokimi etib tayinlangandi.
Bahodir Bahromov muqaddam Samarqand shahar IIB boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter