Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bitta yig‘ilishda o‘ttizdan ziyod amaldorni bo‘shatdi

Prezident bitta yig‘ilishda o‘ttizdan ziyod amaldorni bo‘shatdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident yig‘ilishni yakunlar ekan, endi hech kimning eskicha ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligini uqtirdi.

«Bugungi yig‘ilishda jami 31 nafar mas’ul rahbarlar bo‘shatildi. Bundan keyin talab juda qattiq bo‘ladi.

Bundan buyon yangicha yondashuvlar asosida ishlab, odamlarimizni rozi qilasizlar, yoki lavozimdan bo‘shatilib, javobgarlikka tortilasizlar», - dedi davlatimiz rahbari.

Viloyat hokimlari ham har oyda hududidagi jinoyatchilik og‘ir bo‘lgan tumanlarda sayyor yig‘ilish qilib, holatni tanqidiy ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ahvolidan xalqimiz mutlaqo noroziligini ta’kidladi.

Masalan, o‘tgan olti oyning o‘zida 4 mingga yaqin avto-avariyalar sodir etilib, 873 nafar shaxs vafot etgan, 3,5 mingdan ortig‘i jarohat olgan.

«E’tibor bering, 48 foiz avariyalarning sababi yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar hisoblanadi.

Vaziyatni yaxshilash bo‘yicha «O‘zavtoyo‘l» va hokimliklarning mas’uliyati umuman sezilmayapti. Ular faqat asfalt yotqizish bilan ovora, harakat xavfsizligi esa e’tibordan chetda qolib ketgan», - dedi davlat rahbari.

Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi rahbari O.Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring