Muhammad Salohning butsasi Britaniya muzeyiga qo‘yildi (video)

Londondagi Britan muzeyida «Liverpul» futbol klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning butsasi ko‘rgazmaga qo‘yildi.
Bu o‘ziga xos eksponat mashhur muzeyning Misr zalida firavn haykallari bilan yonma-yon may oyi oxirigacha turadi.
Ekspozitsiya egasi Salohni «zamonaviy Misrning ramzi» deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, bu futbolchi mavsum yakunlariga ko‘ra APLning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter