Butun boshli mamlakat elektrsiz qoldi
Bunaqasi XXI-asrda kamdan-kam bo‘ladi — Afrikaning Sudan mamlakatida kecha, 15-fevral kuni elektr toki butunlay o‘chdi: eng chekka qishloqdan — poytaxtgacha. Ushbu ma’lumotni mamlakat suv resurslari, irrigatsiya va elektrlashtirish vazirligi rasman tasdiqladi.
Vazirlik bayonotida shunday deyiladi: «Milliy boshqaruv markazi elektr tarmog‘ining to‘liq o‘chganini tasdiqladi. Muhandis va texniklar stansiyani qayta ishga tushirish bilan band, barcha elektr tarmoqlari ketma-ket tiklanadi».
TASS yozishicha, bu 2018-yil boshidan beri Sudanda elektr tarmoqlari to‘rtinchi marotaba butunlay o‘chishi: 2018-yilning yanvar va fevral oylarida, 2019-yilning yanvarida va hozirgisi.
Ayni paytda Sudan Misr bilan hamkorlikda quvvati 300 MVt ga teng yagona elektr tarmog‘i loyihasini amalga oshirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter