Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona maktablarida darslar boshlanishi sanasi e’lon qilindi

Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona maktablarida darslar boshlanishi sanasi e’lon qilindi

Yana bir qator viloyatlardagi maktablarda an’anaviy tarzda o‘qish boshlanishi sanasi ma’lum qilindi.

Jumladan, Buxoro va Surxondaryodagi barcha maktablarda ertaga, ya’ni 11 yanvar kunidan an’anaviy shaklda darslar boshlanadi.

Samarqanddagi aksariyat maktablarda ham ertadan o‘qish boshlanadi. Aniqrog‘i, 950 ta maktabda ertaga – 11 yanvardan, 97 ta maktabda 13 yanvardan hamda 208 ta maktabda 18 yanvardan III chorak darslari boshlanadi.

Farg‘ona maktablarida o‘qish 16 yanvardan boshlanadi. Viloyatdagi 975 ta umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda esa o‘qish 16 yanvar, dushanba kunidan boshlanishiga qaror qilindi.

Bugun dastlab Andijon va Xorazm viloyatlari hokimliklari maktablarida ertadan o‘qish boshlanishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududdagi bog‘cha va maktablarda ham qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati hokimliklarga berilgani haqida xabar bergandi.

O‘zi aslida maktablarda qishki ta’til 11 yanvargacha belgilangandi, biroq O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

E’tiborli jihati, ta’tilni uzaytirish haqida qaror e’lon qilinganida prognoz qilingan anomal sovuq ob-havo bugungi kunda ham o‘zgarishsiz qolmoqda. Gidrometeorologiya markazi izg‘irinli kunlar bir hafta davom etishini e’lon qildi. Shu jihatdan, hokimliklarning «ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda» ayni sovuq kunlarda o‘qish boshlanishi haqida qaror chiqarishida mantiq ko‘rinmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring