Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahrida «Bukhara investment Forum 2019» - investitsiyaga yangi yo‘l

Buxoro shahrida «Bukhara investment Forum 2019» - investitsiyaga yangi yo‘l

Buxoro viloyatining investitsion salohiyatini namoyish qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish orqali samarali loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan Buxoro xalqaro forumiga 125 dan ortiq davlat vakillari tashrif buyurdi.

Xalqaro forum Buxoro viloyat hokimligi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «O‘zbekturizm» davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat Palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Maydoni 39 ming km2, aholi soni 1 mln. 900 mingga yaqin Buxoro qulay geografik joylashuvi, rivojlangan transport kommunikatsiyalari, xom-ashyo resurslari, yosh va malakali ishchi kuchi mavjudligi bilan xorijiy investorlar e’tiborini qozongan.

Buning natijasida Buxoroda tashkil qilinayotgan qo‘shma va xorijiy korxonalar soni oshib bormoqda. Qurilish, qishloq xo‘jaligi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida salmoqli o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilmoqda.

Kuni kecha mamlakat Prezidenti Shavkat Mirmonovich Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishida ham ushbu jihat alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

2019-2020 yillarda viloyatda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati qariyb 25 trillion 353 milliard so‘m bo‘lgan 625 ta investitsiya loyihalari dasturi ishlab chiqilgan.

Bu o‘z navbatida salkam 30 ming doimiy ish o‘rni yaratishni ta’minlaydi.

2021 yilgacha xorijiy sayyohlar sonini 2 barobar ko‘paytirish, turizm xizmatlari tushumini 350 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Joriy yilning o‘zidayoq 32 ta yangi mehmonxona, 9 ta motel va 50 ta mehmon uylari foydalanishga topshiriladi. Natijada mehmon o‘rni 7 mingtaga yetib, turistlarni qabul qilish imkoniyati qariyb 2 barobar ko‘payadi.

G‘ijduvon – Kogon yo‘nalishidagi 122 kilometr yo‘lni ta’mirlash, «Yetti pir» ziyoratgohlari o‘rtasida qulay va zamonaviy transport qatnovini yo‘lga qo‘yish va xalqaro halol standartini keng joriy etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Botirjon Shahriyorovning bildirishicha, Forum doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

Shuningdek, forumda «Buxoro agro» va «G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonalari, «Buxara siti» qurilishi, turizm sohasi, shahar va tumanlardagi investitsiyaviy loyihalari taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatiga investorlarni jalb etish maqsadida o‘tgan yilning sentyabr oyida «Buxoro-Agro» Xalqaro Forumi o‘tkazilgan edi.

Xalqaro forum jarayonlari yoritib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring