Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Baxronov Asqar Soliyevich Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mutaxassisligi vrach-reanimatolog bo‘lgan 50 yoshli A.Baxronov o‘z faoliyatini Buxoro viloyati markaziy kasalxonasidan boshlagan. Keyinchalik bir qancha xususiy tibbiyot muassasalarda, so‘ngra Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez yordam markazi reanimatsiya bo‘limi reanimatolog vrachi, shoshilinch tez yordam markazi bo‘limi mudiri, ushbu tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan. 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan.
«Shuhrat» medali sohibi A.Baxronov 2020-yildan boshlab Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter