Buxoroda 3 ta «metan zapravka» 11 milliard so‘mlik tabiiy gazni talon-taroj qilgani aniqlandi

Buxoro viloyatida «Solixov Olimjon Fazliddinovich» xususiy korxonasiga qarashli 3 ta AGQKSh (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida jami 11 milliard 847 million 744 ming so‘m miqdoridagi tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.
Ma’lum qilinishicha, korxonaning AGQKSh (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona «KWANGSHIN GEO-350» rusumli kompressor o‘rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 ni tashkil etib, uning oqibatida 2022 yilning 1 noyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda 3 milliard 493 million 218 ming so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.
Shuningdek, korxonaning AGQKSh (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona «SICHUAN ZW-4.36/3-250» rusumli kompressor o‘rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 tashkil etadi. Buning natijasida 2022 yilning 10 sentyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda 5 milliard 774 ming 443 so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.
Bundan tashqari, korxonaga qarashli yana bir AGQKSh (avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobcha) filialida 2 dona «SICHUAN ZW-4.36/3-250» rusumli kompressor o‘rnatilgan. Bu kompressorning soatlik gaz sarfi (1000m3 soat x2 dona) 2000 m3 tashkil etadi. Buning oqibatida 2022 yilning 13 sentyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda 2 milliard 580 million 83 ming so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-taroj qilingan.
To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, «Solixov Olimjon Fazliddinovich» xususiy korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida juda ko‘p miqdorda o‘g‘irlik sodir etishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumanidagi «Solixov Olimjon Fazliddinovich» xususiy korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter