Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ham avtobuslarda naqd pulsiz to‘lov tartibiga o‘tiladi

Buxoroda ham avtobuslarda naqd pulsiz to‘lov tartibiga o‘tiladi

Buxoroda 2026-yil 1-fevraldan 7 ta avtobus yo‘nalishida hamda  1-apreldan qolgan harakatdagi mavjud yo‘nalishlarda yo‘l kira haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi amaliyoti joriy etiladi. Bunda to‘lovlar faqat elektron tarzda qabul qilinishi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu borada viloyat hokimi tegishli qarorni imzolagan.

Hujjatga muvofiq, Buxoro shahar hokimligi bir oy muddatda Buxoro shahridagi barcha avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarini Buxoro shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha avtobus yo‘nalishlari hamda bekatlariga bosqichma-bosqich o‘rnatish choralarini ko‘rishi zarur.

Belgilanishicha, Buxoro viloyati transport boshqarmasi Buxoro shahrida barcha yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning validatorlar bilan jihozlanishini ta’minlaydi va yo‘lkira haqini avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ATTO orqali to‘lanishini doimiy nazoratga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring