Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda kadastr mas’ul xodimi pora bilan ushlandi

Buxoroda kadastr mas’ul xodimi pora bilan ushlandi

Illyustrativ foto

Davlat kadastlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Jondor tuman filiali mas’ul xodimi noqonuniy qurilgan binoni uning nomiga hujjatlashtirib berish evaziga 500 AQSh dollari berishini talab qilgan. Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs o‘zi talab qilgan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi, deya «Xabar.uz»ga ma’lum qilmoqda viloyat IIB axborot  xizmati xodimi Umid Barakayev.

Ta’kidlanishicha, Jondor tumanilik fuqaro R.Sh. uy-joyining kadastr hujjatlarini to‘g‘rilab berishi uchun Davlat kadastlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Jondor tuman filiali mas’ul xodimi F.X.ga murojaat qilgan. F.X. fuqaro R.Sh.ni uning marhum otasi tomonidan noqonuniy qurilgan bino inshootga qadastr hujjatlarni tayyorlab berishi uchun pora berishga dalolat qilgan. R.Sh. kadastr mas’ul xodimining «taklif»iga rozi bo‘lgan. Birinchi kundanoq hujjatlarning, deyarli, yarmini «to‘g‘rilagani» evaziga «xizmat haqi» uchun 1 million so‘m miqdoridagi pullarni bo‘nak sifatida olgan. Ushbu pulni olayotgan vaqtidagi holat tegishli tartibda F.X. xabarisiz tasvirga olingan. Noqonuniylikni «yopish» uchun noqonuniy yo‘ldan foydalangan F.X. o‘z xatti-harakatining ham noto‘g‘riligidan xulosa chiqarish haqida o‘ylamagan. Va ikkinchi kuni ham fuqaro R.Sh.dan «xizmat haqi»ning qolgan 400 AQSh dollarini ham keltirib berishini talab qilgan.

«Kadastr mas’ul xodimi ushbu pullarni pora sifatida olayotgan vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ning tegishli bandlari bilan ayblov e’lon qilindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda»,-dedi Umid Barakayev.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring