Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda kafedra mudiri qo‘lga olindi

Buxoroda kafedra mudiri qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Buxoro tibbiyot texnikumining «Sanitariya-epidemiologiya va umumiy gigiyena» kafedrasi mudiri F.F.ning pora bilan ushlangani «Xabar.uz»ga ma’lum qilindi.

Holatga ko‘ra, fuqaro M.Sh. «Sanitariya-epidemiologiya va umumiy gigiyena» kafedrasi mudiri F.F.ning qabuliga 19 yoshli jiyani Z.Sh.ni Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga qo‘shimcha qabul qilishda ko‘maklashishini so‘rab kirgan.  F.F. esa o‘z «xizmati» evaziga undan jami 1000 AQSh dollari talab qilgan.

M.Sh. kafedra mudirining ushbu harakatlaridan norozi bo‘lib, huquq-tartibot idoralari nomiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilgan.

Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbir davomida kafedra mudiri so‘ragan pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.

Ayni paytda F.F.ning hatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring